📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Matsapayev Sherzod Alishero‘g‘li hamda tuman Kengashi deputati D. Hasanova tomonidan tumandagi Beshmergan mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida oilalarning yashash sharoitlari, mavjud muammolari va ehtiyojlari o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.