DEPUTATLIK NAZORATI: “JIYDALI” MAHALLASIDAGI MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILDI
📍 Fuqarolar bilan o‘tkazilgan muloqotdan so‘ng Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 1-"Shifokorlar" saylov okrugi deputati, tuman hokimi Kudratilla Tulyaganov hamda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva mas’ul mutasaddilar bilan birgalikda “Jiydali” mahallasi hududini ko‘zdan kechirdilar.
🔹 O‘rganish davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar, hududdagi mavjud muammolar va aniqlangan kamchiliklar bevosita joyida ko‘rib chiqildi.
🔹 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi. Topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda murojaatlarning yechimini nazorat qilish belgilandi.
✅ Deputatlik nazorati — aholi murojaatlarini manzilli o‘rganish, muammolar yechimini izlash va berilgan topshiriqlar ijrosini kuzatib borishning muhim mexanizmidir.
👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!