Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
PIYODALAR YO‘LAGI BILAN BOG‘LIQ MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB AXBOROT BERDI.
янв.21
SEYSMIK XAVFSIZLIK TALABLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
OROLBO‘YI MAHALLASIDA SAROY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH ISHLARI BOSHLANDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini o‘rganish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularning taklif va muammolarini aniqlash maqsadida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 25-Orolbo‘yi saylov okrugi deputati M.Abdurahmonova tomonidan Orolbo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB, JORIY YIL UCHINCHI CHORAGIDAGI FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining o‘tgan haftadagi faoliyati rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borildi.
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
USHBU HAFTADA O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTATLAR
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MARG‘ILON SHAHAR KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
“Abdulla Avloniy” mahallasida O‘RQ–406-sonli Qonuni doirasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Mahalliy Kengash deputatlari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi, hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligi va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganib borilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Abdulla Avloniy” mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida mahalla yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar bilan ishlashning amaldagi holati, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish, zamonaviy kasblarni egallashiga ko‘maklashish hamda bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlar yetakchisining yoshlar bilan individual ishlash amaliyoti, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish mexanizmlari ham ko‘rib chiqildi.

Ayniqsa, ishsiz va band bo‘lmagan yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida yoshlarning murojaatlari, ularni qiynayotgan masalalar va mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi ham ko‘zdan kechirilib, yoshlar bilan ishlashda manzillilik va natijadorlikni yanada oshirish zarurligi qayd etildi.

Shu bilan birga, yoshlar yetakchisi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, yoshlarning ta’lim olishi va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni munosib ish bilan ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.

Yoshlar — mahalla taraqqiyoti, yurt kelajagi va bunyodkor kuchidir!