Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
“O‘ZBEKISTON OVOZI” GAZETASIDA MAQOLA CHOP ETILDI
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Pichoqchi mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy holat deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
Pichoqchi MFYda bolalar maydonchalari qurilishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Ayni daqiqalarda Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bo'lib o'tmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bugun soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
Kengash_faoliyati

#162_ta_Qonunlar_ijrosi

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Bozorlarda narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati tahlil qilindi

Bandixon tumanida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, bozordagi narx-navolar mo‘tadilligini saqlash hamda aholiga taklif etilayotgan mahsulotlar sifatini monitoring qilish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari I.Xalmatov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar savdo shoxobchalari va rastalarda bo‘ldilar. Mazkur nazorat tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish”ning 3-bandi ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.

Monitoring davomida go‘sht, sut, sabzavot va boshqa birinchi ehtiyoj mahsulotlarining narxi, zahira hajmi hamda sanitariya talablariga mosligi ko‘zdan kechirildi.

Xaridorlar bilan o‘tkazilgan muloqotlarda narxlarning adolatliligi o‘rganilib, narxni asossiz oshirish holatlarining oldini olish yuzasidan sotuvchi va mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1