Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
“O‘ZBEKISTON OVOZI” GAZETASIDA MAQOLA CHOP ETILDI
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Pichoqchi mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy holat deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
Pichoqchi MFYda bolalar maydonchalari qurilishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Ayni daqiqalarda Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bo'lib o'tmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bugun soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Navro‘z” mahallasida PF–116-sonli farmon ijrosi muhokama qilindi

Termiz shahrida mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish, davlat tomonidan belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosini ta’minlash, fuqarolar bilan muloqotni kuchaytirish hamda aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan nazorat-tahlil tadbirlari izchil olib borilmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengash huzuridagi ekspert guruhi rahbari, deputat A.Mustafakulov, 10-“Navro‘z” saylov okrugi deputati X.Xolmuminov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirokida “Navro‘z” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Mahalla raisi ishtirokida tashkil etilgan muhokamada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan PF–116-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi, “mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligi va aholi bilan ishlash tizimining samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

“Mahalla yettiligi” faoliyati — mas’ullarning vazifalarni o‘zaro hamkorlikda amalga oshirishi, aholi muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash — murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish, ularning sabablarini aniqlash hamda mavjud muammolarga aniq yechim topish;

Ijtimoiy himoya va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularning ehtiyojlarini o‘rganish va tegishli yordam choralarini belgilash;

Aholi bandligi va daromadlarini oshirish — mehnatga layoqatli fuqarolarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish;

Hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish — mahalla infratuzilmasi, obodonlashtirish va fuqarolarni qiynayotgan boshqa masalalarni aniqlab, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish.

Shuningdek, nazorat-tahlil ishlari mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida olib borilib, belgilangan vazifalarning ijrosi, mas’ullarning faoliyati va natijadorlik ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratildi.

Muhokama jarayonida mahalladagi mavjud holatni tizimli tahlil qilish, aniqlangan muammolarni faqat qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlash, har bir masala bo‘yicha mas’ullar va ijro choralarini belgilash muhimligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, “mahalla yettiligi” a’zolari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish hamda PF–116-sonli Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, aholi manfaatlarini ta’minlash va fuqarolarni qiynayotgan masalalarning amaliy yechimiga erishishdan iborat.