Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
“O‘ZBEKISTON OVOZI” GAZETASIDA MAQOLA CHOP ETILDI
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Pichoqchi mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy holat deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
Pichoqchi MFYda bolalar maydonchalari qurilishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Ayni daqiqalarda Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bo'lib o'tmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bugun soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
MAHALLALARDA HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT OLDINI OLISH CHORALARI MUHOKAMA QILINDI

MAHALLALARDA HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT OLDINI OLISH CHORALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shahardagi mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish va xavfsiz muhitni shakllantirish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Namangan shahar prokuraturasining 2026-yil uchinchi choragi bo‘yicha axborotida shahardagi 59 ta mahallaning 12 tasida jinoyat sodir etilmagani, 43 tasida esa jinoyatlar soni kamaygani qayd etilgan. 

Shu bilan birga, ayrim mahallalarda belgilangan “Yo‘l xaritalari” ijrosini hujjatlashtirish va bajarilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni rasmiylashtirishda kamchiliklar aniqlangan.

Axborotga ko‘ra, “Yo‘l xaritalari” doirasida 33 ta xonadonga tashvish tugmalari o‘rnatilgan, 64 ta savdo va maishiy obyekt texnik qo‘riqlovga olingan. 

Shuningdek, 35 ta xavfsiz ko‘cha va 23 ta xavfsiz uy tashkil etilgan.

Yig‘ilishda mahalla yettiligi, profilaktika inspektorlari va boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, amalga oshirilgan ishlarni tegishli hujjatlar bilan tasdiqlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mavzuga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son “Respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Mazkur yo‘nalish deputatlik faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida mahallalarda aholi xavfsizligini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va mas’ul idoralar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish vazifalariga mos keladi.

Yig‘ilish yakunida mahallalarda profilaktika ishlarini kuchaytirish, “Yo‘l xaritalari” ijrosini to‘liq ta’minlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2