Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Pichoqchi mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy holat deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
Pichoqchi MFYda bolalar maydonchalari qurilishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Ayni daqiqalarda Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bo'lib o'tmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bugun soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
A.Navoiy ko‘chasini milliy va zamonaviy qiyofaga keltirish loyihasi muhokamada
янв.21
30-MAKTABDA SPORT INFRATUZILMASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
IPAKCHI MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALAR HOLATI XONADONMA-XONADON O‘RGANILDI
#24_ta_masala #Deputat_daftar

“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash maqsadida deputat tomonidan saylov okrugida o‘rganish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 6-“Karsagan” saylov okrugidan saylangan deputati Sattarov To‘lqin Turg‘unovich tomonidan saylov okrugidagi xonadonlarga uyma-uy tashrif buyurilib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari o‘rganildi.

📌 O‘rganish va muloqot jarayoni:

Uyma-uy o‘rganish: Deputat fuqarolarning yashash sharoitlari, mahalla hududidagi xizmat ko‘rsatish ob’yektlari va tegirmonlar faoliyati bilan bevosita tanishdi.

Aholi bilan ochiq muloqot: Fuqarolarning murojaat va takliflari eshitilib, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Kelib tushgan murojaatlarning ijrosi va muammolarning yechimi deputat nazoratiga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 2