Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Pichoqchi mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy holat deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
Pichoqchi MFYda bolalar maydonchalari qurilishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Ayni daqiqalarda Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bo'lib o'tmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bugun soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
A.Navoiy ko‘chasini milliy va zamonaviy qiyofaga keltirish loyihasi muhokamada
янв.21
30-MAKTABDA SPORT INFRATUZILMASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
IPAKCHI MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALAR HOLATI XONADONMA-XONADON O‘RGANILDI
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi

Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi raisi R.Djumanova, tuman hokimi o‘rinbosari X.Ziyamutdinov hamda tuman Tibbiyot birlashmasi mas’ullari ishtirokida Aranshi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish holati, tibbiy xizmatlar sifati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

Poliklinikaga murojaat qilgan fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli fikr-mulohazalar bildirilib, mavjud muammolarni hal etish va tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3