Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
“O‘ZBEKISTON OVOZI” GAZETASIDA MAQOLA CHOP ETILDI
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Pichoqchi mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy holat deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
Pichoqchi MFYda bolalar maydonchalari qurilishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Ayni daqiqalarda Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bo'lib o'tmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bugun soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik

Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan biriktirilgan tashkilotlar faoliyati bilan hamkorlikni kuchaytirish, belgilangan vazifalar ijrosini deputatlik nazorati asosida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🔹 Doimiy komissiya ishchi guruhi a’zosi N. Eliboyev tuman hokimining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchisi S. Xurramov bilan hamkorlikda tumanda raqamlashtirish sohasiga oid vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.
📌 Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi to‘g‘risidagi nizom” talablarining tumandagi ijrosi, raqamli texnologiyalarni joriy etish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish holatiga e’tibor qaratildi.
🤝 O‘rganish davomida mavjud holat, amalga oshirilgan ishlar va yechimini kutayotgan masalalar muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda sohada ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqildi.
📊 Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi — hududda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish va deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 1