Jańalıqlar

Yo‘rmado‘z mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalasi deputatlik nazoratida

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va fuqarolar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish mahalliy Kengash deputatlarining muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda Marg‘ilon shahrining Yo‘rmado‘z mahallasida ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari o‘rganildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning PQ–298-son qarori asosida Yo‘rmado‘z mahallasining “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturiga kiritilgani hudud infratuzilmasini yaxshilash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish borasidagi ishlarning ahamiyatini yanada oshiradi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, deputat Z.G‘ofurova, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova, mahalla raisi G‘.Djumaboyev hamda yoshlar yetakchisi A.Akbarov ishtirok etdilar.

Jarayonda mahallada ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari bilan bog‘liq holat va aholining suv ta’minotiga oid ehtiyojlariga e’tibor qaratildi. Bunday o‘rganishlar hududlarda amalga oshirilayotgan infratuzilma ishlarini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish, mavjud masalalarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishiga xizmat qiladi.

Mahallada ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga qaratilgan ishlarning samarali tashkil etilishi aholi turmush sifati va sanitariya sharoitlarini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida e’tiborda bo‘ladi.

Slide 1 of 4