Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya va sanoat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zosi deputat Maxmudova Donoxon Artikovna hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik nazorat masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ekologik xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda yoshlarning ekologik masalalardagi faolligini oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-363-son, 2013-yil 27-dekabr)ning mazmun-mohiyati, ekologik nazoratning asosiy maqsad va vazifalari hamda atrof-muhitni muhofaza qilishda jamoatchilikning ishtiroki masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, atrof-muhit holatini muntazam kuzatib borish, uning ifloslanishiga, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish ekologik nazoratning muhim yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, mahalliy Kengash doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi.

Muloqot davomida hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish hamda ekologik muammolarga jamoatchilik e’tiborini kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Ayniqsa, yoshlarni ekologik nazorat va jamoatchilik tashabbuslariga keng jalb etish, ularning ekologik ongi va mas’uliyatini oshirish barqaror va sog‘lom atrof-muhitni shakllantirishning muhim omili ekani ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida ekologik yo‘nalishdagi hamkorlikni izchil davom ettirish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududdagi ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Atrof-muhitni asrash — bugungi kunning muhim vazifasi va kelajak avlod oldidagi umumiy mas’uliyatdir.

Slide 1 of 2