Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Ishchi yig‘ilishda ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev raisligida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda oʻtib borayotgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda, avvalo, deputatlarning saylov okruglarida olib borgan o‘rganishlari, hududlarda aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalarning ijrosi va natijadorligi yuzasidan o‘rganishlarda qayd etilgan holatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish davomida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, deputatlik so‘rovlarining ijrosi, aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish masalalari ham tahlil qilindi.

Yig‘ilish yakunida deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, hududlarda aniqlanayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini tizimli ravishda nazorat qilib borish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3