Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

NURLI PANGAT MAHALLASIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN FUQAROLAR HOLIDAN XABAR OLINDI

#162_ta_qonun_ijrosi
#deputat_nazorati

NURLI PANGAT MAHALLASIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN FUQAROLAR HOLIDAN XABAR OLINDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do‘squlova Nurli Pangat mahallasida patronaj hamshirasi bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar oldi.

O‘rganish davomida fuqarolarning yashash sharoiti, ijtimoiy ehtiyojlari va kundalik hayotida duch kelayotgan muammolari bilan tanishildi. Ularning murojaatlari tinglanib, zarur yordam va ko‘mak masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-son Qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi ham o‘rganildi.

Fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularga tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish hamda aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 1