Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Hamkorlik_faoliyati

#Hamkorlik_faoliyati 
#24_ta_tavsiyaviy_savol

4-band ijrosi

🇺🇿Mahallada kambag'allikni qisqartirish bo'yicha ishlar o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva 1-O'zbekiston saylov okrugiga tegishli "Yoshlik" mahallasida bo'lib, aholining kambag'allik darajasini qisqartirish yo'nalishidagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida quyidagi masalalar o'rganildi:
✅ kam ta'minlangan oilalarning ro'yxati va ularning ehtiyojlari;

✅ aholini doimiy daromad manbai bilan ta'minlash, band qilish va kasb-hunarga o'rgatish choralari;

✅ oilaviy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratilishi;

✅ ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko'rsatilayotgan yordam va uning manzillilik darajasi;

Shuningdek, kambag'al oilalarni qo'llab-quvvatlash va ularning daromadini oshirish bo'yicha ishlar deputat nazoratida bo'lishi ta'kidlandi.

Har bir oila farovonligi — mahalla taraqqiyotining asosi!