Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

24 ta muhim yo‘nalishi doirasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva tomonidan deputatlik faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi doirasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

Jumladan, 1-“O‘zbekiston” saylov okrugiga qarashli “Yoshlik” mahallasida joylashgan 3-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati qat'iy nazoratga olindi.

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasining isitish tizimlari, zaxira imkoniyatlari hamda bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yaqindan ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga mavsumni betalofat o‘tkazish bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.