Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Zuhro mahallasida bolalar maydonchalaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
B.Marg‘iloniy mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
B.Marg‘iloniy mahallasida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Bandlik va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
O‘rganish davomida “Yoyilma” mahallasidagi infratuzilmaga oid ayrim muammolar ham aniqlandi.
янв.21
Yoyilma mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati va ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Yoyilma mahallasida oilaviy korxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan 13-Yoyilma saylov okrugi hududidagi “Yoyilma” mahallasida o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Mahalliy Kengash deputati kim?
Elbek mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi

Elbek mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 16-saylov okrugi deputati D. Jabbarova tomonidan Elbek mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirildi.
🤝 Ishchi guruh tarkibiga quyidagilar kiritildi:
🔹 Ne’matov Ilhom — MFY raisi;
🔹 Nurmuradov Abror — hokim yordamchisi;
🔹 Umarova Feruza — ijtimoiy xodim;
🔹 Boboyeva Matluba — xotin-qizlar faoli;
🔹 Rahmonova Sharifa — otinoyi;
🔹 Jabbarov Abdumurod — nuroniy;
🔹 Ahmedov Farhod — nuroniy.
📌 Ishchi guruh tomonidan mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va ishsiz fuqarolar holatini o‘rganish, ularni bandlikka yo‘naltirish, oilalar daromadini oshirish imkoniyatlarini aniqlash, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ijtimoiy infratuzilmadagi mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar olib boriladi.
🔎 Deputat D. Jabbarova tomonidan ishchi guruh faoliyati doirasida aniqlangan masalalar nazoratga olinib, ularning manzilli va amaliy yechimini ta’minlashga e’tibor qaratiladi.

Slide 1 of 1