Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 9-Botmon saylov okrugidan saylangan deputati Z.Turdiyev tomonidan o‘z saylov okrugida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga ko‘maklashish, shuningdek, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga taklif va tavsiyalar berildi.