Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi doimiy komissiyasi raisi Azizbek Ahmedov hamda Kengash huzuridagi “Ekspert” guruhi mas’ul kotibi Po‘lat Quvandikovich hamkorligida tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limida o‘rganish o‘tkazildi.
🔎 Jarayonda tibbiy asbob-uskunalar va laboratoriya jihozlarining holati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan tanishilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.