Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Zuhro mahallasida bolalar maydonchalaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
B.Marg‘iloniy mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
B.Marg‘iloniy mahallasida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Bandlik va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
O‘rganish davomida “Yoyilma” mahallasidagi infratuzilmaga oid ayrim muammolar ham aniqlandi.
янв.21
Yoyilma mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati va ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Yoyilma mahallasida oilaviy korxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan 13-Yoyilma saylov okrugi hududidagi “Yoyilma” mahallasida o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Mahalliy Kengash deputati kim?
DEPUTATLIK NAZORATI: SAVOLLAR ISHLAB CHIQILDI

DEPUTATLIK NAZORATI: SAVOLLAR ISHLAB CHIQILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-oktabrdagi 643-sonli qarori ijrosini o‘rganish maqsadida tuzilgan ishchi guruh tomonidan maxsus savolnoma ishlab chiqildi.

🔎 Mazkur savolnoma asosida:
🩺 bolalarda gematologik va onkologik kasalliklarni erta aniqlash;
📌 bemorlarni tibbiy hisobga olish va kuzatuvini tashkil etish;
💊 dori-darmon va zarur tibbiy vositalar bilan ta’minlash;
🏥 ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamdan foydalanish;
🔬 zamonaviy diagnostika, jumladan, PET tekshiruvlaridan foydalanish;
🚆 bemorlarning respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga borish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
👨‍⚕️ mutaxassislar va tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik;
👨‍👩‍👧 bemor bolalar va ularning ota-onalariga ko‘rsatilayotgan ko‘mak kabi masalalar o‘rganiladi.

📊 Maqsad — qaror ijrosining amaliy holatini aniqlash, mavjud muammolarni aniqlashtirish va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish.