Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Zuhro mahallasida bolalar maydonchalaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
B.Marg‘iloniy mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
B.Marg‘iloniy mahallasida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Bandlik va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
O‘rganish davomida “Yoyilma” mahallasidagi infratuzilmaga oid ayrim muammolar ham aniqlandi.
янв.21
Yoyilma mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati va ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Yoyilma mahallasida oilaviy korxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan 13-Yoyilma saylov okrugi hududidagi “Yoyilma” mahallasida o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Mahalliy Kengash deputati kim?
“SHOHSANAM” MAHALLASIDA JAMOAT TRANSPORTI BEKATINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA IJOBIY XULOSA BERILDI

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “SHOHSANAM” MAHALLASIDA JAMOAT TRANSPORTI BEKATINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA IJOBIY XULOSA BERILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Inomjon Majidovning Yashnobod tumani “Shohsanam” mahallasida jamoat transporti bekatini qayta tashkil etish yuzasidan yo‘llagan deputatlik so‘roviga mutasaddi tashkilotlardan rasmiy javoblar taqdim etildi.

📩 Avvalroq deputat Inomjon Majidov tomonidan aholi murojaatlari asosida Shohimardon va Murabbiy ko‘chalari kesishmasida ilgari mavjud bo‘lgan jamoat transporti bekatini tiklash, ushbu nuqtada 28 va 30-sonli avtobus yo‘nalishlarining to‘xtab o‘tishini tashkil etish masalasi ko‘tarilgan edi.

🔎 Toshkent shahar Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i M. Ikramov tomonidan taqdim etilgan rasmiy javobga ko‘ra, deputatlik so‘rovi asosida fuqarolar ko‘rsatgan manzil mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilgan. O‘rganish natijasida Shohimardon va Murabbiy ko‘chalari kesishmasida yangi bekat tashkil etilishiga Bosh boshqarmaning o‘z vakolati doirasida qarshiligi yo‘qligi bildirilgan.

🚦 Amaldagi tartibga ko‘ra, yo‘nalishli transport vositalari bekatlarining joylashish manzili yo‘l harakati xavfsizligi organlari bilan kelishilishi lozim. Shu sababli Transport bosh boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga mazkur manzilni o‘rganish uchun mutaxassis ajratish yuzasidan tegishli murojaat ham yuborilgan.

✅ Mazkur murojaat ham ijobiy hal etildi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i I.T. Idirov tomonidan taqdim etilgan javobda yangi bekat manzilini o‘rganish uchun xodim ajratilgani hamda o‘rganilishi kerak bo‘lgan bekatlar bo‘yicha ijobiy xulosa berilgani ma’lum qilindi.

🚌 Transport bosh boshqarmasining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining tegishli xulosasi olingach, yangi bekat yo‘nalish hujjatlari va IVMS dasturiy ta’minot tizimiga kiritilib, murojaatda ko‘rsatilgan manzilda avtobuslarning to‘xtab o‘tishi tashkil etiladi.

📍 Shu tariqa, deputat Inomjon Majidov tomonidan aholi murojaati asosida ko‘tarilgan Shohimardon va Murabbiy ko‘chalari kesishmasida jamoat transporti bekatini tashkil etish masalasi mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganilib, bekatni tashkil etish bo‘yicha ijobiy xulosa olindi va uni yo‘nalish tizimiga kiritish uchun tegishli tashkiliy jarayonlar belgilandi.

🤝 “Shohsanam” hamda unga tutash mahallalar aholisining jamoat transportidan yanada qulay foydalanishini ta’minlash, yangi bekatni amalda tashkil etish va avtobuslarning ushbu manzilda to‘xtab o‘tishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha keyingi ishlar deputat Inomjon Majidov tomonidan nazorat qilib boriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1