HASHAR YO‘LI BILAN BARPO ETILAYOTGAN KO‘PRIK QURILISHI O‘RGANILDI
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashining 21-Munchoq saylov okrugi deputati Boltayeva Madina Shoto‘rayevna Munchoq mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Girtqamar soyida hashar yo‘li bilan qurilayotgan ko‘prikning qurilish jarayoni bilan tanishdi.
✅ O‘rganish davomida ko‘prik qurilishida amalga oshirilayotgan ishlar, mahalla aholisining hashar asosidagi ishtiroki hamda qurilish jarayonining borishi ko‘zdan kechirildi.
✅ Shuningdek, ko‘prikni sifatli va xavfsiz barpo etish, aholi uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.