Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputatlarga elektr energiyasi ta’minoti masalasida yoʻllangab murojaat e’tiboridan chetda qolmadi.
янв.21
Terak tagi mahallasida elektr ta’minoti muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_tashkilot
янв.21
Chorchinor mahallasida tibbiy xizmat va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Депутат назорати
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish
QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI

⚖️ Qonunlarning joylarda amalda qanday ijro etilayotgani — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🇺🇿Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan Pensiya jamg‘armasining Toshkent viloyati Parkent tumani bo‘limi faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
✅ O‘rganishning asosiy e’tibori O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentyabrdagi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 938-XII-son Qonuni ijrosini ta’minlash masalalariga qaratildi.
📚 Jumladan, mazkur qonun talablarining tumanda ijro etilishi, fuqarolarning pensiya ta’minotiga oid huquqlarini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati va samaradorligi, shuningdek, pensiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalari tahlil qilindi.
✅ Fuqarolarning murojaatlari — deputatlik nazoratining muhim manbalaridan biri. Shu bois o‘rganish jarayonida deputat tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, nuroniylar va mahalla faollari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda bildirilgan fikr va takliflar ham atroflicha muhokama qilindi.
✅ Fuqarolar tomonidan pensiya ta’minoti bilan bog‘liq masalalarda ko‘tarilayotgan muammolar, murojaatlar hamda aholining eng ko‘p qiziqtirayotgan savollar Pensiya jamg‘armasi Parkent tumani bo‘limi bosh mutaxassisi J. Normatov bilan birgalikda ko‘rib chiqildi.
✅ Ayniqsa, fuqarolarga qonunchilikda belgilangan huquq va imkoniyatlarni tushuntirish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda aholiga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Deputatlik nazorati — faqat faoliyatni o‘rganish emas, balki qonun talablarining amalda ta’minlanishini ko‘rish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni aniqlash va ularning qonuniy huquqlarini ta’minlashga ko‘maklashish vositasidir.
✅ Bunday o‘rganishlar orqali davlat organlari faoliyatida qonuniylik va ochiqlikni ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.
⚖️ Qonun ijrosi — huquq va manfaatlar kafolati!

Slide 1 of 5