Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputatlarga elektr energiyasi ta’minoti masalasida yoʻllangab murojaat e’tiboridan chetda qolmadi.
янв.21
Terak tagi mahallasida elektr ta’minoti muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_tashkilot
янв.21
Chorchinor mahallasida tibbiy xizmat va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Депутат назорати
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish
🔰Kambag‘allikdan farovonlik sari: “Zarafshon” mahallasidagi ishlar o‘rganildi

🔰Kambag‘allikdan farovonlik sari: “Zarafshon” mahallasidagi ishlar o‘rganildi

🔹Aholi turmush farovonligini oshirish, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish va ularning barqaror daromad manbalarini shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
🔹Shu maqsadda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norov hamkorligida “Zarafshon” mahallasida aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida mahalladagi ehtiyojmand oilalar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ularni doimiy daromadga ega qilish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.
🔹Shuningdek, har bir oilaning imkoniyat va ehtiyojlaridan kelib chiqib, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, aholining mehnat salohiyatidan samarali foydalanish hamda daromad manbalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.
🔹O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
👉Kambag‘allikni qisqartirish — bu faqat moddiy ko‘mak ko‘rsatish emas, balki oilalarni barqaror daromad, munosib mehnat va yangi imkoniyatlar sari yo‘naltirishdir. “Zarafshon” mahallasida bu boradagi ishlar deputatlik nazorati asosida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4