Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputatlarga elektr energiyasi ta’minoti masalasida yoʻllangab murojaat e’tiboridan chetda qolmadi.
янв.21
Terak tagi mahallasida elektr ta’minoti muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_tashkilot
янв.21
Chorchinor mahallasida tibbiy xizmat va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Депутат назорати
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish
Ijtimoiy holat va mavjud muammolar o‘rganildi

DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati N. Ibragimova Dovud mahallasida viloyat prokurori o‘rinbosari X. Yоvbosarov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari S. Pirnaрasov bilan birgalikda ro‘yxatga olingan kambag‘al oilalar xonadonlarida bo‘lib, ularning yashash sharoiti, ijtimoiy holati va mavjud muammolarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida oilalarning ehtiyojlari, daromad manbalari hamda mavjud imkoniyatlari bilan yaqindan tanishilib, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, X. Yоvbosarov va S. Pirnaрasov tomonidan mahalla yettiligiga kambag‘al oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda ularning daromadlarini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Deputatlik nazorati davomida har bir oilaning muammosiga individual yondashish, fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish hamda aholining farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va kundalik muammolar yuzasidan qilgan murojaatlari atroflicha oʻrganib chiqildi. Koʻtarilgan masalalarning aksariyati joyida ijobiy hal etilib, qonuniy yechimi topildi.
Mazkur sayyor qabullar xalq va deputat korpusi oʻrtasidagi oʻzaro ishonch koʻprigini mustahkamlash, shuningdek, hududlardagi mavjud muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Slide 1 of 1