35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida 3-Guliston saylov okrugi deputati Z.Domilayev hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganishlar davom ettirildi.
янв.21
Guliston mahallasida ijtimoiy himoya va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
3-Guliston saylov okrugi deputati Z.Domilayev va deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova o‘rganishlarni joyiga chiqqan holda davom ettirib, Marg‘ilon shahar 3-Guliston saylov okrugi hududida, Guliston mahallasida faoliyat yuritayotgan xususiy “Femili Medikal” MChJ faoliyati ham o‘rgandilar. Deputat korxona rahbari N.Qo‘shaqov bilan suhbatlashib, klinikada aholiga, xususan, bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat, yaratilgan sharoitlar hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi bilan tanishdi.
янв.21
Guliston mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
1-Maktabdagi ta’lim sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 32-sessiyasida shahar hududida chiqindilar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari ijrosi, hududlarda sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
янв.21
Ko‘kalamzorlashtirish va daraxtlar muhofazasi deputatlik nazoratida
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda.
янв.21
Ipak yo‘li ko‘chasidagi yo‘l qoplamasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Ekologik konsepsiya ijrosi deputatlik nazoratida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom etmoqda.

20-Terak tagi saylov okrugi deputati R.Madaminov tomonidan Galatoy mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi, yoshlar yetakchisining faoliyati hamda yoshlar siyosatiga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi o‘rganildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-son “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish, ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sportga jalb etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Galatoy mahallasida jami 6465 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 1485 nafari 14–30 yoshdagi yoshlar bo‘lib, ularning 753 nafari qizlardan iborat.

O‘rganish davomida yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar ham ko‘rib chiqildi. Yil boshida mahallada 1 nafar ishsiz, og‘ir toifadagi yosh aniqlangan. Mazkur yosh zamonaviy kasb-hunarga o‘qitish uchun vaucher bilan ta’minlanib, ayni paytda parda tikish yo‘nalishida tahsil olmoqda.

Bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalasida ham amaliy ishlar olib borilgan. 2025–2026-o‘quv yilida mahalladan jami 129 nafar yosh ta’lim muassasalarini tamomlagan. Ularning 110 nafari maktab, 3 nafari oliy ta’lim muassasasi, 16 nafari professional ta’lim bitiruvchilaridir. Bugungi kunga qadar 90 nafar bitiruvchi mahalladagi murabbiylar, kasb egalari va tadbirkorlarga biriktirilib, “ustoz-shogird” tizimi asosida kasb o‘rganmoqda. 39 nafar bitiruvchi esa ta’limning keyingi bosqichiga o‘qishga topshirgan.

Qonunda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu nuqtayi nazardan, mahallada “Besh tashabbus olimpiadasi” loyihalariga 1200 nafar yosh jalb etilgani qayd etildi. Mahalla jamoalari futbol, kurash, streetbol va voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda munosib natijalarga erishgan. Jumladan, futbol bo‘yicha shahar bosqichida 1-o‘rin, kurash bo‘yicha viloyat bosqichida 2-o‘rin, streetbol bo‘yicha esa respublika bosqichida 4-o‘rin egallangan.

Qonunda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Shu jihatdan, mahallada Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Mega loyihalar”ga jami 711 nafar yosh jalb etilgani o‘rganish davomida alohida qayd etildi.

Deputat tomonidan o‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisining faoliyati faqat amalga oshirilgan tadbirlar soni bilan emas, balki yoshlarning bandligi, ta’limi, kasb-hunar egallashi, bo‘sh vaqtining mazmunli tashkil etilishi va muammolarini hal etishga qaratilgan manzilli ishlar samaradorligi nuqtayi nazaridan ham tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ullar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish hamda qonunchilikda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3