35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida 3-Guliston saylov okrugi deputati Z.Domilayev hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganishlar davom ettirildi.
янв.21
Guliston mahallasida ijtimoiy himoya va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
3-Guliston saylov okrugi deputati Z.Domilayev va deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova o‘rganishlarni joyiga chiqqan holda davom ettirib, Marg‘ilon shahar 3-Guliston saylov okrugi hududida, Guliston mahallasida faoliyat yuritayotgan xususiy “Femili Medikal” MChJ faoliyati ham o‘rgandilar. Deputat korxona rahbari N.Qo‘shaqov bilan suhbatlashib, klinikada aholiga, xususan, bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat, yaratilgan sharoitlar hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi bilan tanishdi.
янв.21
Guliston mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
1-Maktabdagi ta’lim sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 32-sessiyasida shahar hududida chiqindilar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari ijrosi, hududlarda sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
янв.21
Ko‘kalamzorlashtirish va daraxtlar muhofazasi deputatlik nazoratida
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda.
янв.21
Ipak yo‘li ko‘chasidagi yo‘l qoplamasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Ekologik konsepsiya ijrosi deputatlik nazoratida
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz ikkinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishiga Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev raislik qildi. Unda Kengash deputatlari bilan bir qatorda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, Kengash huzuridagi ekspert-maslahat hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

🔹Dastlab shahar mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi shahar hokimligi taklifi ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Turdaliyev hisobot berdi.

🔹Shuningdek, 2026-yilning 2-mavsumida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish hamda Jamg‘armadan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish masalasi muhokama qilindi. Ushbu masala yuzasidan shahar Moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.Xolmatov hisobot berdi.

Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi xulosasi ham sessiya ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi. Komissiya raisi E.Yunusov tomonidan xulosa mazmuni bayon qilindi.

🔹Kun tartibidagi navbatdagi masala — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi nazorat bo‘yicha Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot bo‘ldi. Mazkur masala yuzasidan bo‘lim boshlig‘i N.G‘ulomov hisobot berdi.

Hisobot va muhokamalar davomida shaharda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, ko‘kalamzorlashtirish hamda ekilgan daraxt va ko‘chatlarni saqlab qolish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, “Mening bog‘im” loyihasi doirasida amalga oshirilishi belgilangan ishlarning kechikayotgani yuzasidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida masala ko‘tarildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M. Abdurahmonova loyihaning o‘z vaqtida boshlanmagani, kechikish sabablari, bugungi holati hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan mas’ullardan aniq ma’lumot berilishini so‘radi.

Kengash raisi O.Axmatshayev ham mazkur masalaga to‘xtalib, loyihalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarga e’tibor qaratish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhimligini ta’kidladi.

Muhokama davomida Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Abdurahmonov “Mening bog‘im” loyihasi doirasida ekilgan daraxtlarning qancha qismi saqlanib qolingani masalasiga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, mazkur doimiy komissiya a’zosi M.Mirzayev tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va ko‘chatlarni sug‘orish tizimi masalasi ko‘tarildi. Ko‘chatlarni muntazam sug‘orish va parvarishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarga savollar berildi.

🔹Sessiya kun tartibidagi to‘rtinchi masala Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish masalasi bo‘ldi.

Ushbu masala yuzasidan shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov axborot berdi. Unda deputatlarning odob-axloq qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati hamda deputatlik faoliyatida odob-axloq me’yorlariga rioya etishning ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

Kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan fikr va takliflar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda deputatlik faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 10