Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Tuyagum mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Orolbo‘yi mahallasidagi “Yoshlik” suv sporti maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida deputatlik nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.
янв.21
Orolbo‘yi mahallasidagi 32-maktabda “Ochiq budjet” loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi bog‘ mahallasida ichimlik suvi loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Orolbo‘yi mahallasidagi 32-maktabning isitish tizimi o‘rganildi
янв.21
Yorqin mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning nazorat funksiyasini kuchaytirish, qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash hamda hududlarda aholini qiynayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Moddiy-madaniy meros obyektlari holati o‘rganildi


Ajdodlarimizdan bizga bebaho meros sifatida yetib kelgan tarixiy va madaniy obidalarni asrab-avaylash, ularning asl qiyofasini saqlab qolish hamda kelajak avlodlarga yetkazish muhim vazifalardan biridir.

Shu maqsadda moddiy-madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ularning saqlanish holatini o‘rganish, zarur mablag‘lar bilan ta’minlash, hududlarini obodonlashtirish hamda bu boradagi ishlarni aholi ishtirokida samarali tashkil etish masalalari yuzasidan joylarda monitoring ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati B.Karimova, Termiz shahar Kengashining 13-"Shodlik" deputati A.Karimov hamda tegishli mas'ullar ishtirokida Termiz shahar hududidagi tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan “Qirqqiz” hamda “Kokildor ota” moddiy-madaniy meros obyektlarining bugungi holati bilan yaqindan tanishildi.

Monitoring davomida mazkur obyektlarning saqlanish darajasi, ularni muhofaza qilish va asrash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, obyektlar atrofidagi hududlarning obodonlashtirilishi hamda sanitariya holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tarixiy obidalarning kelajak avlodlar uchun asrab qolinishini ta’minlash, ularning hududida zarur infratuzilmani yaxshilash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish davomida aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan tegishli tartibda ish olib borish, kamchiliklarni bartaraf etish hamda moddiy-madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Tarixiy obidalar — xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, milliy o‘zligi va ma’naviy merosining yorqin timsolidir. Ularni asrash nafaqat mutasaddi tashkilotlar, balki keng jamoatchilikning ham muhim vazifasidir.

Shu bois, moddiy-madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ularning atrofini obodonlashtirish va ulardan samarali foydalanish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4