Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Oʻrda tagi mahallasida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha holat o‘rganildi
янв.21
Yovqochar mahallasida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha holat o‘rganildi
янв.21
Shahar soliq inspeksiyasi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
O‘rda tagi mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis Senati tomonidan joriy yilning 22-sentabr kuni “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida ta’sirchan deputatlik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlashni samarali tashkil etish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
янв.21
Shundan so‘ng xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputatlari Z.G‘ofurova va Sh.Ermatov, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev, kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Turdaliyev ishtirokida shahar hokimligida tashkil etilgan “Shtab” faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Deputatlarga elektr energiyasi ta’minoti masalasida yoʻllangab murojaat e’tiboridan chetda qolmadi.
#haftalik_ish_reja_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #biriktirilgan_tashkilot #162_qonun #Kengash_raisi #doimiy_faoliyati #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #korrupsiyaga_qarshi_kurashish 🗣Korrupsiyasiz soha: "Termiz shahargaz" gaz ta'minoti bo‘limida ochiqlik siyosati va murojaatlar bilan ishlash tizimi deputatlik nazoratida!

⏺Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti aholining kundalik turmush sifati va ijtimoiy kayfiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim sohalardan biridir. Ushbu tizimda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, xizmat ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan adolatli ishlash deputatlik nazoratida turibdi.

💬Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirokida “Termiz shahargaz” gaz ta’minoti bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

💬Mas’ullar tomonidan muassasaning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati amaldagi qonunchilik talablari asosida tahliliy va tanqidiy ko‘rib chiqildi.

💬O‘rganish davomida asosiy e’tibor sohadagi muhim ikki qonun talablarining "Termiz shahargaz" gaz ta’minoti bo‘limidagi amaliy ijrosiga qaratildi:

▶️O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” 2017-yil 3-yanvardagi O‘RQ-419-sonli Qonuniga asosan bo‘limda ochiqlik siyosati qanchalik yo‘lga qo‘yilganligi o‘rganildi:

🟢Raqamlashtirish va inson omili: Iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, gaz hisoblagichlarini o‘rnatish va qiyoslovdan o‘tkazish jarayonlarining to‘liq raqamlashtirilganligi hamda inson omilining kamaytirilganligi;

🟢Manfaatlar to‘qnashuvi: Bo‘lim xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, shartnomalar tuzishda shaffoflikni ta’minlash va "komplayens-nazorat" tizimining samaradorligi tahlil qilindi.

▶️O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-sonli Qonuniga muvofiq, gaz ta’minoti bo‘yicha kelib tushayotgan arizalarni ko‘rib chiqish tizimi baholandi:

🟢Murojaatlarning o‘z vaqtida hal etilishi: Gaz bosimining pastligi, gaz tarmoqlaridagi nosozliklar va asossiz qarzdorliklar bo‘yicha aholidan kelib tushayotgan shikoyatlarning qonuniy muddatlarda va sifatli ko‘rib chiqilishi;

🟢Sayyor va shaxsiy qabullar: Bo‘lim rahbariyati tomonidan tasdiqlangan grafik asosida fuqarolarni qabul qilish hamda muammolarni bevosita joyida hal etish ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi.

💬“Har bir iste’molchi o‘z to‘lovlarining haqqoniyligini, gaz ta’minotidagi muammolarning tezkor va ta’magirliksiz hal etilishini talab qilishga haqli. “Termiz shahargaz” gaz ta’minoti bo‘limida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatiga bepisandlik bilan qarash yoki asossiz qarzdorliklar yozish kabi holatlarga aslo yo‘l qo‘yilmaydi. Qonun talablari ijrosi ustidan nazoratimiz qat’iy davom etadi," — deya ta'kidladi Kengash raisi.

🫥O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar bilan ishlashda ochiqlikni yanada oshirish hamda shahar aholisiga sifatli va uzluksiz xizmat ko‘rsatish yuzasidan bo‘lim rahbariyatiga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Slide 1 of 4