35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Maktab hududidagi yaroqsiz suv havzalari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Yoshlar bilan ishlashdagi muammolar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Aholi ijtimoiy farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va oilalar uchun barqaror daromad manbalarini yaratishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Navro‘z MFYda ko‘chaboshilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat M.Mirzayev 17-Navro‘z saylov okruglida “Ariq bo‘yi” mahallasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
Eshonguzar ko‘chasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
249-MAKTAB — YUKSAK MAQSADLAR SARI YO‘L OCHGAN TA’LIM MASKANI

 249-MAKTAB — YUKSAK MAQSADLAR SARI YO‘L OCHGAN TA’LIM MASKANI

📍 “Beruniy” MFY hududida joylashgan 249-sonli umumta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

⚡️Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqjonova ishtirokida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta tavsiyasiga asosan o‘rganish ishlari olib borildi. Jumladan, maktabdagi mavjud sharoitlar, ta’lim jarayoniga tayyorgarlik, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda hududning obodonlashtirish holatiga alohida e'tibor qaratildi.

⚽️ Sport zali holati ham alohida o‘rganilib, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud jihozlarning holatiga e’tibor qaratildi.

🌳 Shuningdek, maktab hududidagi yashillik darajasi, ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlar, daraxt va manzarali o‘simliklarning holati ko‘zdan kechirildi. Maktab hududini yanada obod va yashil maskanga aylantirish, o‘quvchilar uchun qulay va sog‘lom muhit yaratish masalalariga e'tibor qaratildi.

✨ 249-sonli maktab — nafaqat ta’lim va tarbiya maskani, balki yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan ko‘plab iste’dodli insonlarni voyaga yetkazgan qutlug‘ dargohdir. Maktab bitiruvchilari orasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ilm-fan, madaniyat va san’at kabi turli sohalarda samarali faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimiz borligi ushbu ta’lim maskani jamoasining faxridir.

🎓 Har bir bitiruvchining yutug‘i — ustozlarning fidokorona mehnati, berilgan puxta bilim va ota-onalar ishonchining munosib samarasidir.

🇺🇿 Deputatlik nazorati — hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimiga ko‘maklashish va aholi uchun munosib sharoitlar yaratilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

📌 24 ta tavsiya asosida o‘rganish va nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 10