35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Maktab hududidagi yaroqsiz suv havzalari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Yoshlar bilan ishlashdagi muammolar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Aholi ijtimoiy farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va oilalar uchun barqaror daromad manbalarini yaratishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Navro‘z MFYda ko‘chaboshilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat M.Mirzayev 17-Navro‘z saylov okruglida “Ariq bo‘yi” mahallasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
Eshonguzar ko‘chasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
📌 SAYLOVCHILARNING MUAMMOLARI O‘RGANILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 18-“Cho‘yunchi-Qishloqbozor” saylov okrugidan saylangan deputat B. Toshpo‘latov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Sherobod tumani bo‘limida navbatdagi o‘rganish va hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida tashkilot bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, saylovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish hamda ularning muammolarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Jumladan, deputat tomonidan 18-“Cho‘yunchi-Qishloqbozor” saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolardan kelib tushayotgan yer va kadastr masalalariga oid murojaatlar hamda muammolar ma’lum qilindi.

🔹 Ushbu muammolar yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Sherobod tumani bo‘limi mas’ullari bilan fikr almashilib, murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

🔹 Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3