35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
IJTIMOIY TARMOQLARDA HAFTALIK FAOLIYAT
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda.
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 24-“Charog‘on” saylov okrugidagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Bilimlar kuni”ga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
янв.21
📊 24–28 AVGUST KUNLARI FAOLIYAT SARHISOBI
янв.21
MARG‘ILONDA “BILIMLAR KUNI” KO‘TARINKI RUHDA NISHONLANDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
AHOLI MANFAATI VA QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SIFATLI TIBBIY XIZMAT DEPUTATLIK NAZORATIDA
MARG‘ILONDA “BILIMLAR KUNI” KO‘TARINKI RUHDA NISHONLANDI

Yangi o‘quv yilining boshlanishi — o‘quvchilar, ustoz va murabbiylar, ota-onalar hamda ta’lim jamoalari uchun o‘ziga xos hayajon va quvonchga boy kun. Yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Marg‘ilon shahrida ham “Bilimlar kuni” keng nishonlandi.

1-Sahovat saylov okrugidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etildi.

Bayram tadbirida Marg‘ilon shahar hokimi, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 5-Do‘stlik saylov okrugi deputati Elbek Rustamov ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari hamda ustoz-murabbiylariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Unda yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish, ularning bilim olishi va kelajakda munosib o‘rin egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ustozlarning sharafli va mas’uliyatli mehnati alohida e’tirof etilgan.

Deputat o‘z so‘zida yangi o‘quv yili boshlanishi bilan o‘quvchilar, ota-onalar va pedagoglarni samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, butun respublikamizda bo‘lgani kabi, ko‘hna va hamisha navqiron Marg‘ilon shahrida ham ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor, maktablarda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va yoshlarning puxta bilim olishi uchun amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni alohida ta’kidlab o‘tdi.

“Bilimlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda maktab jamoasi, o‘quvchilar va ota-onalar uchun bayramona kayfiyat hukm surdi. Ayniqsa, maktab ostonasini ilk bor hatlab kirib kelgan birinchi sinf o‘quvchilarining hayajoni va quvonchi tadbirga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Darhaqiqat, yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, ezgu orzular va katta marralar sari tashlangan muhim qadamdir. Bugun maktablarda yaratilayotgan imkoniyatlar, avvalo, bilimli, vatanparvar va zamonaviy fikrlaydigan yosh avlodni voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda.

Marg‘ilonda ham ta’lim sohasiga qaratilayotgan doimiy e’tibor va amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yoshlarning sifatli ta’lim olishi, o‘z iqtidor va salohiyatini to‘laqonli namoyon etishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Slide 1 of 4