Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida Marg‘ilon shahridagi Yangi O‘zbekiston massivida zamonaviy 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 34-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining foydalanishga topshirilgani barchamiz uchun quvonchli voqea bo‘ldi.
Bu bunyodkorliklar, avvalo, farzandlarimizning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, ularning munosib sharoitlarda kamol topishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning yorqin ifodasidir.
Deputat sifatida ta’lim sohasidagi bunday ezgu ishlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Yangi maskanlarda faoliyat yuritadigan ustoz va tarbiyachilarga, ta’lim-tarbiya oladigan farzandlarimizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Yurtimizda bunyodkorlik ishlari, obodlik va taraqqiyot bardavom bo‘lsin!
R.Alijonova Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi.