#biriktirilgan_tashkilot 🤝 BIRIKTIRILGAN TASHKILOT VA DOIMIY KOMISSIYALAR HAMKORLIGI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlarining biriktirilgan tashkilotlar hamda doimiy komissiyalar bilan hamkorligini kuchaytirish borasidagi ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Shu doirada deputat tomonidan tuman obodonlashtirish bo‘limida bo‘lib, hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya va tozalikni ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, tashkilot faoliyatida mavjud masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish, aholiga qulay va farovon muhit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
📌 Maqsad — deputatlik nazoratini kuchaytirish, tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va hudud obodonchiligini yanada yaxshilash.