35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yangi O‘zbekiston massivida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi Marg‘ilon shahridagi Yangi O‘zbekiston massivida 180 nafar tarbiyalanuvchiga mo‘ljallangan 34-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
янв.21
#deputat_nazorati #qonun_ijrosi #24_muhim_masala
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida deputatlik nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.
янв.21
5-oilaviy poliklinikadagi ta’mirlash ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
MAHALLIY KENGASH KOTIBIYATLARI FAOLIYATI SARHISOB QILINDI
янв.21
Elektr ta’minoti va obodonlashtirish holati deputatlik nazoratida
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha" doimiy komissiya tarkibi.
янв.21
Bugun 25-avgust, Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi deputati Azizov Saidazimxon Nosirxon o'g'li 2-Saxovat saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazadi.
CHILONZOR MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

#Qaror_Ijrosi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

❗️ KENGASH QARORI IJROSI: CHILONZOR MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sakinaxon Said Gaziyeva boshchiligida, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov bilan birgalikda Chilonzor tumani “Chilonzor” mahallasidagi bolalar maydonchasida Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarining ijro holati joyiga chiqib o‘rganildi.

📝 Mazkur loyiha Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 12-martdagi VII-20-24-14-0-K/26-son “Toshkent shahar mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida”gi qarori doirasida amalga oshirilmoqda. Qarorga muvofiq, deputatlarning o‘z saylov okruglaridagi dolzarb muammolarni hal etish yuzasidan bildirgan takliflari asosida mahalliy budjetning erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan jami 6 mlrd 50 mln 912 ming so‘m ajratilgan.

📁 Qarorning 1-ilovasiga asosan, 24-“Olmazor” saylov okrugi deputati Sakinaxon Said Gaziyevaning taklifi bilan Chilonzor tumani “Chilonzor” MFY hududidagi 23–25-uylar oralig‘ida foydalanib kelinayotgan bolalar maydonchasini ta’mirlash uchun 500 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Mazkur loyiha bo‘yicha mablag‘ oluvchi tashkilot sifatida Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” Injiniring kompaniyasi belgilangan.

🤝 O‘rganish jarayonida hududdagi mahalla raislari, quruvchi tashkilot vakillari hamda O‘zLiDeP partiyasi vakillari ham ishtirok etib, amalga oshirilayotgan ishlarning bugungi holati bilan yaqindan tanishildi.

🔎 Xususan, 23–25-uylar oralig‘idagi bolalar maydonchasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirilib, ishlarning sifati, loyiha talablariga muvofiqligi, bajarilish muddatlari hamda hududni bolalar va aholi uchun qulay va xavfsiz holatga keltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⛏ Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, obyekt bo‘yicha ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Pudrat tashkiloti sifatida “Story Segment” MChJ faoliyat olib bormoqda, obyektga mas’ul texnik nazoratchi sifatida esa Shuxrat Sheraliyev biriktirilgan.

🔺 O‘rganish davomida Sakinaxon Said Gaziyeva va Davronbek Ravshanbekov mas’ullar hamda quruvchi tashkilot vakillari bilan muloqot qilib, ta’mirlash ishlarini sifatli tashkil etish, qurilish me’yorlariga rioya qilish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash zarurligini ta’kidladilar.

💰 Shuningdek, loyiha uchun ajratilgan 500 mln so‘m budjet mablag‘idan maqsadli va samarali foydalanish, bajarilayotgan ishlar ustidan tegishli nazoratni olib borish masalalari muhokama qilindi. Kengash qarorida ham “Yagona buyurtmachi xizmati” IK zimmasiga ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.

✅ O‘rganish yakunida bolalar maydonchasini sifatli va belgilangan talablar asosida foydalanishga tayyor holatga keltirish, hudud aholisiga qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda Kengash qarorida belgilangan tadbirning to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

🏗 Shuningdek, quruvchi tashkilot vakillari bilan ishlarning keyingi bosqichlari va yakunlash muddatlari muhokama qilindi. Mazkur obyektni joriy yilning sentabr oyi oxiriga qadar to‘liq yakunlab, foydalanishga topshirish ko‘zda tutilayotgani ma’lum qilindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10