#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi
AYOLLAR DASTURI - XOTIN-QIZLAR MANFAATI VA HUQUQLARI E’TIBORDA
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "2-Hamkor" saylov okrugi deputati Kimyo Abdullayeva tomonidan Katta Cho‘ponota mahallasida xotin-qizlar bilan “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
📇 Muloqot davomida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi hamda bandligini ta’minlash borasida yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.
💬 Shuningdek, “Ayollar daftari” doirasida ehtiyojmand xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, psixologik va boshqa ko‘mak turlari, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv davomida xotin-qizlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish yuzasidan deputat tomonidan tegishli maslahat va tavsiyalar berildi.
📈 Mazkur muloqot xotin-qizlarning muammolarini manzilli o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda “Ayollar daftari” orqali ko‘rsatilayotgan amaliy yordam samaradorligini oshirishga qaratildi.
💼 Jarayonda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi Kotibiyati mudiri Anvar Usmanov va kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva ishtirok etdi.