Mazkur murojaatlarni o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 13-"Qorliq" saylov okrugidan saylangan deputat Mengnarova Zarifa Toshpo‘latovna hududga chiqib, mavjud holatni joyida o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Esanov ishtirok etdi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, deputat tomonidan mazkur masala “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi
Qonunning 19¹-moddasiga muvofiq deputatlik tashabbusi sifatida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun ilgari surildi.
Sessiyada tashabbus atroflicha muhokama qilinib, uni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
hamda loyihani amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar ajratildi.
Ajratilgan mablag‘lar hisobidan “Qumpaykal” mahallasida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida ichimlik suvi tarmog‘i uchun zarur quvurlar xarid qilinib, hududga yetkazib berildi. Mazkur ishlar
hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.