35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
#deputat_axboroti DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
#deputatlar_nazorati DEPUTAT TOMONIDAN IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
#haftalik_tahlil MAHALLIY KENGASHLAR KOTIBIYATLARI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
#deputat_nazorati KENGASH QARORI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
янв.21
#qonun_targʻiboti O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 3-maydagi O‘RQ-97-sonli "Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonuni aholining salomatligini mustahkamlash, yod tanqisligi oqibatida yuzaga keladigan kasalliklarning oldini olish hamda sifatli yodlangan oziq-ovqat mahsulotlari iste'molini ta'minlashga qaratilgan.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi A.Mahkamov Xoʻjaporso mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
#deputat_nazorati Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan saylov okrugidagi Yoyilma mahallasi Toʻralar koʻchasida amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlari joyiga chiqib oʻrganildi.
янв.21
#deputat_nazorati MARG‘ILON SHAHRIDA ICHKI YO‘LLAR VA INFRATUZILMA DASTURLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
#deputat_nazorati KENGASH QARORI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati E.Tursunqulov tomonidan deputatlik nazorati doirasida 10-Bobur saylov okrugidagi Bobur mahallasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi qarori ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Kengash qarorida belgilangan vazifalarning hududdagi ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlarning holati hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, mas'ul tashkilotlar tomonidan bajarilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, ularning samaradorligi yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirildi.

Deputat tomonidan hududdagi mavjud holat o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash bo‘yicha mas'ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Mazkur nazorat-tahlil ishlari Kengash qarorlarining amaliy ijrosini ta'minlash, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda aholi uchun qulay va munosib shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan Kengash qarorlari ijrosi ustidan deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7