Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 4-Yo‘rmado‘z saylov okrugida deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi sababli, Kengash kotibiyati mudiri Abdumalik Ermatov tomonidan saylovchilar oldida 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALAR FAOLIYATI — KENGASH ISHINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishlarida shahar iqtisodiyoti, sog‘liqni saqlash tizimi hamda deputatlik faoliyatiga oid muhim masalalar ko‘rib chiqiladi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputatlari M.X. Mirzayev va M.S. Mirzayev tashabbusi bilan saylov okrugidagi Navroʻz MFYning chekka hududida joylashgan “Yoʻldosh” shaharchasi aholisi uchun navbatdagi “Sogʻlomlashtirish aksiyasi” tashkil etildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
DEPUTAT AHOLI MUROJAATINI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
MATONAT MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHASIDAGI QURIGAN DARAXT MASALASI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida mazkur qurigan daraxt bolalar maydonchasi hududida joylashgani sababli bolalar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi, shu bois masalani qonuniy tartibda va belgilangan talablar asosida hal etish zarurligi ko‘rib chiqildi.

Mazkur jarayon “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

O‘rganish yakunida bolalar xavfsizligini ta’minlash, qurigan daraxt bo‘yicha vakolatli tashkilotlar tomonidan qonuniy xulosa berilishi hamda masalani belgilangan tartibda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi chiqarildi.

✅ Matonat mahallasida bolalar uchun xavfsiz muhit yaratish, ekologik talablarni inobatga olgan holda mavjud muammolarni qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3