2026-yil 6–10-iyul kunlari Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari o‘z saylov okruglarida fuqarolar bilan uchrashuvlar hamda shaxsiy qabullar o‘tkazadilar.
Uchrashuvlar davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, fuqarolarning murojaat va takliflari muhokama qilinadi hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanadi.
Hurmatli fuqarolar! Sizni o‘zingizni qiziqtirayotgan masalalar, taklif va tashabbuslaringiz bilan deputatlar qabullarida faol ishtirok etishga chorlaymiz.