Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov tomonidan aholi murojaati asosida “Shamchiroq” MFY Ashxabat ko‘chasida kanalizatsiya tortish ishlari yakunlanmay to‘xtab qolgani, buning oqibatida chang-to‘zon yuzaga kelib, fuqarolar noroziligiga sabab bo‘layotgani aniqlandi.
📍 Aniqlangan holat Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevichga ma’lum qilindi.
📄 Mazkur murojaat yuzasidan masalaga huquqiy baho berish hamda rasmiy javob olish maqsadida tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuboriladigan bo‘ldi.
⚡️ Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan dolzarb masalalarni o‘z vaqtida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.