Deputat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
🔹 korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish;
🔹 iste'molchilar huquqlarini himoya qilish;
🔹 yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash;
🔹 jamoatchilik nazorati va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish;
🔹 huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish.
Biriktirilgan qonunlar ijrosi ustidan samarali nazoratni amalga oshirish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda hududdagi dolzarb masalalarni qonuniy asosda hal etishga ko‘maklashish deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.