Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi 3-iyul soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan o‘ziga biriktirilgan Marg‘ilon shahar Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan Yuksalish mahalla fuqarolar yig‘inida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini o‘rganishga qaratilgan monitoring o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi A.Mahkamov Yuksalish mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Yoshlar kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan ochiq muloqot qilish, hududlardagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan joylarda deputatlik nazoratini amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda.
янв.21
Bugun, 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvi o'tkazildi

Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvi o'tkazildi

➡️Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 46-saylov okrugi deputati Z. Ishmuratova tomonidan Pastdarg'om tuman "Do'stlik" mahallasida hudud saylovchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

➡️Uchrashuv davomida deputat tomonidan aholi bilan ochiq muloqot olib borilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar, taklif va murojaatlar tinglandi. Xususan, bandlik, ijtimoiy yordam, kommunal xizmatlar sifati, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalariga oid masalalar muhokama qilindi.

➡️Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.

💠Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘inining faoliyatini o‘rganish jarayonida mahallada ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.

Slide 1 of 2