Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi huzurida tuzilgan Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi G. Risqulova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tumandagi 7-son tez tibbiy yordam stansiyasi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida joriy yilning 5 oyi mobaynida sohaga oid amalga oshirilgan ishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda mavjud muammolar tahlil qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
📌 O‘rganish ishlari davom etmoqda.