Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.S.Mirzayev tomonidan aholini suyultirilgan uglevodorod gazi bilan ta’minlashda kuzatilayotgan uzilishlar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tavsiyalar asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan Ijodkorlar bog‘ida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirilmoqda!
янв.21
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga obuna bo'ling va deputatlar faoliyatidagi so'nggi yangiliklar va qarorlardan doimo xabardor bo'lib turing.
янв.21
Yo‘rmadoz saylov okrugida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalar i bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati S.Jurayeva o‘z saylov okrugida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsion va tadbirkorlik loyihalari bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirilmoqda!
янв.21
Yoshlar bandligi va sport infratuzilmasi o‘rganildi
Deputat so‘rovi orqali yosh sportchini qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘tarildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidova Shukrona To‘xtaevna tomonidan fuqaro murojaati asosida deputat so‘rovi yuborildi.
Murojaatda Nafosat mahallasida yashovchi fuqaro Trapeznikova Galina Anatolevna o‘z qaramog‘ida tarbiyalanayotgan nevarasi — yosh sportchi Marsel Meznerni qo‘llab-quvvatlash masalasida amaliy yordam so‘ragan.
O‘rganishlar davomida ma’lum bo‘lishicha, Marsel Mezner ota-onasidan erta ayrilgan bo‘lib, buvi vasiyligida tarbiyalanmoqda. Shunga qaramay, u taekvondo sporti bilan muntazam shug‘ullanib, turli musobaqalarda munosib ishtirok etib kelmoqda hamda qator yutuqlarga erishgan.
Yosh sportchining sport sohasidagi natijalari va istiqbolini inobatga olgan holda, uning mashg‘ulotlari, musobaqalarda ishtirok etishi hamda zarur sport anjomlari bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish maqsadida Chilonzor tuman hokimligiga deputat so‘rovi kiritildi.
Yoshlar iste’dodini qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish har birimiz uchun muhim vazifadir.
Mazkur deputat so‘rovi ijrosi va murojaatning hal etilishi deputat nazoratida saqlanadi.