Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tavsiyalar asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati R.Madaminov tomonidan G‘alatoy mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan Sahovat mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.S.Mirzayev tomonidan aholini suyultirilgan uglevodorod gazi bilan ta’minlashda kuzatilayotgan uzilishlar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tavsiyalar asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan Ijodkorlar bog‘ida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirilmoqda!
янв.21
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga obuna bo'ling va deputatlar faoliyatidagi so'nggi yangiliklar va qarorlardan doimo xabardor bo'lib turing.
янв.21
Yo‘rmadoz saylov okrugida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalar i bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati S.Jurayeva o‘z saylov okrugida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsion va tadbirkorlik loyihalari bilan tanishdi.
AHOLI BANDLIGI MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA

AHOLI BANDLIGI MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA

🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, aholi bandligini oshirish va ishsizlikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.
📄 Deputatlik so‘rovida hududdagi bandlik va ishsizlik holati, fuqarolarni ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, faol mehnat dasturlari, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari hamda mehnat bozoridagi mavjud muammolar yuzasidan batafsil axborot taqdim etish so‘raldi.
🔹 Bandlikni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bugungi kundagi eng muhim ijtimoiy vazifalardan biri bo‘lib, mazkur masala yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratida saqlanadi.

Telegram | Facebook | YouTube | E-Kengash

Slide 1 of 7