Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Bolalar oromgohi faoliyati doimiy komissiya tomonidan o‘rganildi
янв.21
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida soha egalari e'tirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda deputat, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Orolbo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 17-Navro‘z saylov okrugi deputati hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi E.Nishonov hamrohligida Yangiobod mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandilar.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
янв.21
Mashad mahallasida qonun ijrosi va xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirilmoqda!
Deputatlik so‘rovi asosida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Deputatlik so‘rovi asosida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 11-Sabzipoya saylov okrugi deputati S.Ikromov Sabzipoya mahalla fuqarolar yig‘ini hududida fuqarolar murojaati asosida deputatlik so‘rovi bilan amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni bilan tanishdi.

Jumladan, hududda o‘rnatilgan beton ustunlarga elektr simlarini tortish ishlari ko‘zdan kechirilib, qurilish-montaj ishlari sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilma yaratish maqsadida olib borilayotgan mazkur ishlarning o‘z vaqtida va sifatli yakunlanishi muhim ekanligini ta’kidladi hamda mas’ullar bilan bu borada fikr almashdi.

Fuqarolar murojaatlari asosida amalga oshirilayotgan bunday amaliy ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholining turmush sharoitlarini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4