Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan 16-Ipak yo‘li saylov okrugiga qarashli Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar doimiy nazoratga olinmoqda.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.Sessiyaga Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi Osimxon Axmatshayev raislik qildi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
Deputatlar Axborot-kutubxona markazi filiali faoliyatini o‘rgandilar
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, 23-Chilonzor saylov okrugi deputati E.Yunusov hamda deputat A.Mahkamov tomonidan Chilonzor mahalla fuqarolar yig‘inida hudud infratuzilmasi va kommunal xizmatlar holati yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Mirzayev o‘ziga biriktirilgan tashkilot Marg‘ilon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i I.Saidakbarov bilan uchrashib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda dolzarb masalalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi.
янв.21
"Ochiq budjet" jarayonining 2026-yil 1-mavsumi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova 21-B.Marg‘inoniy saylov okrugida joylashgan Yangibog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasining "Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida"gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.10.2012-yildagi "Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 295-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda geografik obyektlarni nomlash va ularni qayta nomlash masalalari bo‘yicha tumanda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi Z.Sultamuratovning hisoboti tinglandi. 

Slide 1 of 3