Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi 3-iyul soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan o‘ziga biriktirilgan Marg‘ilon shahar Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan Yuksalish mahalla fuqarolar yig‘inida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini o‘rganishga qaratilgan monitoring o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi A.Mahkamov Yuksalish mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Yoshlar kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan ochiq muloqot qilish, hududlardagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan joylarda deputatlik nazoratini amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda.
янв.21
Bugun, 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Huquqiy savodxonlikni oshirish yo‘lida muhim uchrashuv

Huquqiy savodxonlikni oshirish yo‘lida muhim uchrashuv

Aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

👥 Uchrashuvda xalq deputatlari tuman Kengashining 19-Ibn Sino saylov okrugi deputati M.Turopova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O.Norbo‘tayev, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i O.Zulfiqorov hamda “Madad” nodavlat-notijorat tashkiloti huzuridagi huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Boysunovlar ishtirok etdi.

🗣 Uchrashuv davomida fuqarolarning huquqiy muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan zarur tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda joylarda sayyor qabullarni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.

⚖️ Bunday ochiq muloqotlar fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.