17-Bog’isaidon saylov okrugi deputat H.Aslonov tomonidan Hazorbog’ OShP aholiga bepul tarqatilayotgan dori-darmonlar bilan ta’minlash holati ni o’rgandi. O’rganish jarayonida tibbiyot muassasalarida mavjud dori vositalari zaxirasi, ularning saqlanish sharoiti hamda aholiga o’z vaqtida va to’liq yetkazib berilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini bepul dori-darmonlar bilan ta’minlashda shaffoflik va adolat tamoyillariga rioya etilayotganligi ham ko’zdan kechirildi.
O’rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilot vakillariga tegishli tavsiyalar berildi. Aholini zarur dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash masalasi doimiy deputat nazoratida ekani ta’kidlandi.