Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Marg‘ilon shahrining me’moriy qiyofasini zamonaviylashtirish, aholiga qulay va munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli renovatsiya dasturi xalq vakillari e’tibor markazida bo‘lib turibdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati S.Jurayeva tomonidan 14-Nurafshon saylov okrugi saylovchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari A.Mahkamov va Z.Domilayev tomonidan 2026-yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning manzilli ro‘yxati asosida hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Ermatov tomonidan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova hamrohligida “Zuhro” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla “yettiligi” a’zolari hamda faollar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Deputat nazorati.
янв.21
Deputat nazorati.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida navbatdagi haftalik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Gʻ.Madumarov tomonidan Xo‘japorso MFY hududida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tadbirkorlik faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni asosidagi, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 27-sentabrdagi VII-14-82-11-168-K/25-sonli qarorida belgilangan ishlar ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Hudud muammolari e’tibor markazida - Tepaqo‘rg‘on MFY o‘rganildi

Hudud muammolari e’tibor markazida - Tepaqo‘rg‘on MFY o‘rganildi

Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashining 25-“Qo‘rg‘on” saylov okrugi deputati Hamitova Galina Gennadievna tomonidan “Tepaqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi atroflicha o‘rganildi. Mazkur o‘rganish jarayonida hudud infratuzilmasi, ijtimoiy obyektlar holati hamda fuqarolar murojaatlari asosida mavjud muammolar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan 1A va 50A uylar oldida joylashgan bolalar maydonchalari bugungi kunda ta’mirtalab holga kelib qolgani, mavjud jihozlar eskirgani va bolalar uchun xavfsiz emasligi alohida ta’kidlandi. Ushbu maydonchalarni to‘liq ta’mirlash, zarur hollarda yangilash masalasi aholi tomonidan eng dolzarb muammolardan biri sifatida ko‘tarildi.

Shuningdek, hududdagi 1730-sonli transformator punktining texnik holati ham e’tibordan chetda qolmadi. Mazkur obyektni to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazish, ta’mirlash ishlarini belgilangan tartibda yakunlash hamda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida atrofini mustahkam to‘siqlar bilan o‘rash zarurligi qayd etildi. Bu boradagi kamchiliklar nafaqat elektr ta’minoti sifatiga, balki fuqarolar xavfsizligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, hududda olib borilgan yer qazish ishlari natijasida buzilgan yo‘l qoplamalarini qayta tiklash, ya’ni qazilgan joylarni asfalt qoplama bilan yopish masalasi ham murojaatlarning asosiy qismini tashkil etdi. Ushbu muammo aholining kundalik harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirayotgani va zudlik bilan hal etilishi zarurligi bildirildi.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi Ikromov To‘shpo‘lat Ergashovich ham ishtirok etib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shunga qaramay, ayrim masalalar yechimi ortga surilib kelayotgani tanqidiy baholandi.

Mazkur o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, hududda mavjud muammolar asosan infratuzilma va xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lib, ularni hal etishda mas’ul tashkilotlarning tizimli va tezkor yondashuvi talab etiladi.

Yakuniy xulosa sifatida, yuqorida ko‘tarilgan ikki asosiy masala — bolalar maydonchalarini ta’mirlash va transformator punktini tartibga keltirish yuzasidan deputatlik so‘rovi chiqarish belgilandi.

Slide 1 of 5